Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

"Hizbulloh" o‘t ochishni to‘xtatishga kelishilganidan keyin ilk bor Isroil pozisiyalariga zarba berdi

"Hizbulloh" o‘t ochishni to‘xtatishga kelishilganidan keyin ilk bor Isroil pozisiyalariga zarba berdi

Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuv tuzilganidan beri birinchi marta Livanning Hizbulloh harakati Livan bilan chegaradosh Kfar Shuba qishlog‘i hududida Isroil armiyasi pozisiyalariga hujum qilganini e’lon qildi.

Bu haqda harakat bayonotiga tayanib, "Al-Manar" telekanali xabar berdi.

"Islomiy qarshilik dushanba kuni kechqurun Livanning bosib olingan Kfar Shuba tepaliklaridagi Isroil armiyasining Ruvaysat al-Olam hududini nishonga olib, o‘zini-o‘zi mudofaa qilish uchun dastlabki javob harakatini boshladi", — deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, ularning harakatlari “Isroil dushmani tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvning bir necha bor buzilishiga” javob bo‘lgan. Xususan, harakatga ko‘ra, Isroil armiyasi dushanba kuni “Livan janubi va Bekaa vodiysida hujumlarni kuchaytirdi, natijada bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi yaralandi”.

Kiritildi: 06:04 03.12.2024. O'qildi: 599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!