Bugun, 10 iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan “Hisorak GES” UK boshqarmasiga qarashli “Hisorak” suv ombori to‘g‘onining chap tarafidan qo‘shimcha tunnel ochish maqsadida olib borilayotgan muhandislik texnik tadbirlari vaqtida suv sizib chiqishi holati kuzatilgan. Avariya oqibatini bartaraf etish maqsadida "O‘zbekgidroenergo" AJ boshqaruvi raisi rahbarligida viloyat Hokimi, FVB, IIB boshliqlari va boshqa mutasaddi tashkilotlardan iborat tezkor shtab tuzilib, maxsus texnikalar yordamida barcha zarur muhandislik tadbirlar olib borilmoqda.
Vaziyat Favqulodda vaziyatlar vazirlgi nazoratida. Suv omboriga shikast yetmagan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hurmatli fuqarolar ortiqcha xavotirga o‘rin yo‘q. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.