Hindistonning EOS-09 sun’iy yo‘ldoshi bilan PSLV-XL raketasini koinotga uchirishga bo‘lgan yangi urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bunga uchish paytida yuzaga kelgan uchinchi bosqichdagi texnik muammolar sabab bo‘lgan.
Bu haqda Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) ga tayanib, Interfaks xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, raketa Shrixarikota orolidagi Satish Dhavan kosmik markazi kosmodromidan mahalliy vaqt bilan soat 05:59 da (Toshkent vaqti bilan 05:29) uchirilgan.