Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Hindistonda sodir bo‘lgan og‘ir yo‘l-transport hodisasida 8 kishi halok bo‘ldi

A A A
Hindistonda sodir bo‘lgan og‘ir yo‘l-transport hodisasida 8 kishi halok bo‘ldi

Engil va yuk mashinasining to‘qnashuvi natijasida kamida 8 kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan. “Report” NDTV telekanaliga tayanib, voqea yakshanbaga o‘tar kechasi Uttar-Pradesh shtatining Bareyli-Nainital trassasida sodir bo‘lganini xabar qildi.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, qarindoshining to‘yiga ketayotgan yetti nafar kattalar va bir bolani olib ketayotgan avtomobil yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib, yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Natijada avtomobil yonib ketgan, to‘qnashuv natijasida eshiklar ochilmaydigan ahvolga tushgan, ularni ochish va odamlarni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan.

Yuk mashinasi haydovchisi jarohatlangan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:15 10.12.2023. O'qildi: 1081 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!