Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Hindistonda poyezd relsdan chiqib ketdi

Hindistonda poyezd relsdan chiqib ketdi

Hindiston sharqidagi Jarkxand shtatida yo‘lovchi poyezdi 18 vagonining relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohatlandi.

Bu haqda Hindustan Times gazetasi xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, poyezd erta tongda halokatga uchragan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xaoradan Mumbayga ketayotgan tezyurar yo‘lovchi poyezdi avvalroq qisman relsdan chiqib ketgan, shunga qaramay yo‘lda bo‘lgan yuk poyezdiga borib urilgan.

Jarohatlangan yo‘lovchilarga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Rasmiylar voqea yuzasidan tergov olib bormoqda.

O‘tgan bir oy ichida Hindistonda bir necha bor shunga o‘xshash temir yo‘l hodisalari qayd etildi. 18 iyul kuni Uttar-Pradesh shtatida yo‘lovchi poyezdining bir necha vagonlari relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgandi, 20 ga yaqin kishi jarohatlangandi.

Kiritildi: 13:01 30.07.2024. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!