Hindistonning Apeagon qishlog‘ida qoplon fermer va o‘g‘lini tentiradi. Bu haqda Yahoo News xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 16 noyabr, dushanba kuni 52 yoshli Ashok Aute va uning 27 yoshli o‘g‘li Krishna Aute fermaga ishlashga ketishgan. Kechqurun esa uyga qaytishmagan. Qarindoshlar ularni izlay boshlashgan va o‘rmon xo‘jaligi vakillariga xabar berishgan.
Keyinchalik fermada hindistonlik erkak va uning o‘g‘lining jasadlari leopard hujumi izlari bilan topilgan.
O‘rmon xo‘jaligi bo‘limi vakillari yirtqichni ushlash uchun hududga kameralar va qopqonlar o‘rnatishga qaror qilishdi. Qurbonlarning oilasiga qonun hujjatlariga muvofiq tovon puli to‘lanadi.