Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Hindistonda kuzatilayotgan anomal issiq tufayli odamlar halok bo‘lmoqda (Video)

Hindistonda kuzatilayotgan anomal issiq tufayli odamlar halok bo‘lmoqda (Video)

Butun mamlakat bo‘ylab havo harorati rekord ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda, deb xabar berdi Euronews.com.nashri.

Hozirda mamlakatning markaziy shtatlarida havo harorati o‘rtacha ko‘rsatkichdan Selsiy bo‘yicha 5 gradusga baland ekanligi aytilmoqda. Nyu- Delida termometr ko‘rsatkichlari +48 darajaga qadar ko‘tarildi. Kuchli issiq ichimlik suvi yetishmovchiligini keltirib chiqarmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab qadoqlangan suvga bo‘lgan talab nihoyatda ortib ketgan.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra oftob urishi va anomal issiq bilan bog‘liq boshqa sabablarga ko‘ra o‘ndan ortiq kishi vafot etgan. Yirik aholi punktlari va shaharlarda asfalt erib ketmasligi uchun suv bilan yuvilmoqda. Shifoxonalarga esa qo‘shimcha kondisionerlar o‘rnatilmoqda.

Kiritildi: 21:31 15.06.2019. O'qildi: 2446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!