Maxarashtra shtatida Indrayani daryosi ustidagi ko‘prik qulab tushdi. AP axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, kamida 4 kishi halok bo‘lgan, yana 32 kishi jarohat olgan.
Ko‘prik ustida o‘nlab sayyohlar bo‘lgan — ularning bir qismi daryoga tushib ketgan va bedarak yo‘qolgan. Olti kishi qutqarilgan, qutqaruv ishlari davom etmoqda.