Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Hindistonda ikkinchi o‘rinni egalladik

Hindistonda ikkinchi o‘rinni egalladik

Joriy yilning 4-11 sentyabr kunlari Hindistonning Dehli shahrida 6-20 yoshlilar o‘rtasida G‘arbiy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. 
Musobaqa qatnashchilari standart, rapid va blis bo‘yicha bellashdilar. 
Chempionatda oltin medalni qo‘lga kiritganlar Xalqaro grossmeystr unvoniga ega bo‘lishdi. O‘zbekiston Shaxmat federasiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, yurtimiz sharafini 11 shaxmatchi himoya qildi. Ular orasida FIDE toifasidagi sport ustalari Abdisalimov Abdimalik va Abdruhmonov Muhammadali hamda ayollar o‘rtasida xalqaro toifadagi sport ustasi Abdusattorova Bahora ham bor.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 8 medal bilan jamoaviy hisobda 10 davlat ichida hamyurtlarimiz munosib ishtirok etib 3ta oltin, 1ta kumush, 4ta bronza jami 8ta medalni qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. 
Abdusalimov Abdimalik 20 yoshlilar o‘rtasida(standart), Abdurahmonov Muhammadali 18 yoshlilar o‘rtasida(rapid), Sharipov Davron esa 14 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida(blis) chempionlik maqomiga erishishdi. 
Bobomurodova Maftuna 14 yoshlilar o‘rtasida kumush, Ubaydullayev Muhammadiso 8 yoshlilar o‘rtasida(blis), Abdisalimov Abdimalik 20 yoshlilar o‘rtasida(blis), Abdusattarova Bahora 20 yoshlilar o‘rtasida standart hamda blis yo‘nalishlarid bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Kiritildi: 17:02 11.09.2019. O'qildi: 1532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!