Haqiqiy hind voqealari fantaziyalardan ham o‘tib ketdi. Rus ertaklarida malika qurbaqa shahzoda bilan uchrashsa, Hindistonda qurbaqalar hatto turmushga chiqishi ham mumkin ekan.
Shunday marosim Markaziy Hindistonning quruq joylari, Bundelxand viloyatida bo‘lib o‘tdi. Bunday marosim Hindularning “Indra” yomg‘ir do‘sti uchun uyushtiriladi. To‘yda ayollar va bolalar masalalari bo‘yicha davlat vaziri Lalita Yadov ham qatnashdi. Marosimga kelin va kuyov sifatida kiyingan ikki kishi ham tashrif buyurdi.
“Bizga yomg‘ir kerak, chunki biz issiqdan azob chekmoqdamiz. Mahalliy aholi qurbaqalarni turmush qurdirib, shu tariqa yomg‘ir xudosiga iltijo qilishadi va yomg‘ir berilishiga ishonishadi” – deb marosimi tashkilotchilaridan biri aytib o‘tdi.
Shunga o‘xshash to‘ylar Hindistonda birinchi marta emas. Masalan, 2009 ilda, shunga o‘xshash to‘y Jharkhand viloyatida bo‘lib o‘tgan. Marosimga 500 dan ortiq mehmonlar taklif qilgan va hatto «kuyov» uchun mashina ham buyurtirilgan.
Manba: fazo.tv