Hindiston shimoli-g‘arbidagi Rajastxan shtatida qutqaruvchilar bir haftadan beri quduqqa qulab tushgan qizchani qutqarishga harakat qilmoqda.
India Times nashrining yozishicha, uch yoshli bola chuqurligi 200 metrdan ortiq bo‘lgan quduqda 45 metr chuqurlikka tushib qolgan.
"To‘xtovsiz sa’y-harakatlarga qaramay, qutqaruvchilar haligacha unga yetib bormadi. Juma kungi kuchli yomg‘irlar ishni vaqtincha to‘xtatishga majbur qildi," - deb yozadi gazeta.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, bola 130 soatga yaqin vaqt davomida ovqat yemagan va besh kundan beri hech qanday harakat belgilarini ko‘rsatmagan.