Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Hindiston Turkiyaga boykotini davom ettiradi

A A A
Hindiston Turkiyaga boykotini davom ettiradi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi ziddiyatlar yana kuchayayotgan bir paytda, Turkiyaning Pokistonga ochiq-oydin yondoshgani Hindiston jamoatchiligida keskin reaksiyaga sabab bo‘ldi. Bu orada ijtimoiy tarmoqlarda Turkiya mahsulotlarini boykot qilishga chaqiriqlar avvalgidanda kuchliroq tus oldi.

Ko‘plab hind foydalanuvchilari "Turkiyani qo‘llab bo‘lmaydi" degan hashtag ostida postlar qoldirib, turistik safarlar, savdo aloqalari va hatto turk seriallarini ham rad etishga chaqirmoqda. Turkiyaning Pokistonga bo‘lgan do‘stona munosabati esa bu keskin norozilikning markazida turibdi.

Bu holat ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Turkiya esa o‘z pozisiyasida sobit qolmoqda — Anqara Pokiston bilan do‘stlik va hamkorlikni davom ettirishga qat’iy bel bog‘lagan.

IndiGo aviakompaniyasi Hindiston hukumatining bosimi ostida Turkish Airlines bilan samolyot lizingiga oid shartnomani bekor qildi. Hindiston kompaniyasi turk tomonidan ijaraga olingan ikki dona Boeing-777 samolyotidan foydalanayotgan edi. Shartnoma yana 6 oyga uzaytirilishi rejalashtirilgan bo‘lsada, rasmiy qaror bilan bekor qilindi.

Kiritildi: 21:58 02.06.2025. O'qildi: 713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!