Bu ogohlantirish Telegram’ga mualliflik huquqi buzilishi munosabati bilan yuborildi deyiladi Hindiston Axborot va teleradioeshittirish vazirligi xabarida.
Vazirlik platformadan noqonuniy filmlar va striming servisdagi kontentlarning tarqalishiga qarshi zudlik bilan choralar ko‘rishni hamda 15 kun ichida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etishni talab qildi.
Ogohlantirish xatida vazirlik Telegram’ga "platforma vositachi sifatida axborot texnologiyalari sohasidagi qonun va qoidalarga muvofiq lozim darajadagi ehtiyotkorlikni namoyon etishi shart" ekanini eslatib o‘tdi.
Hukumatning bu yangi talabi bir qator onlayn-kinoteatrlar, striming servislari va mualliflik huquqi egalaridan kelib tushgan shikoyatlardan so‘ng yuzaga keldi.
Ular Telegram’da mualliflik huquqi bilan himoyalangan filmlar va veb-seriallarning ommaviy ravishda noqonuniy tarqatilayotganidan norozilik bildirishgan. Vazirlik tekshiruv davomida noqonuniy kontent tarqatishda gumon qilingan 3 142 ta Telegram-kanalni aniqladi.