Hindiston Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi mintaqadagi dushman guruhlarga qarshi olib borilayotgan “Sindur” operasiyasi hanuz davom etayotganini ma’lum qildi.
"Operasiya hali davom etayotganligi sababli, bu mavzu bo‘yicha batafsil brifing belgilangan vaqtda o‘tkaziladi. Harbiy-havo kuchlari barchani taxminlar va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatishdan tiyilishga chaqiradi", deyiladi Hindiston Harbiy-havo kuchlarining X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida.
Bayonotda ta’kidlanishicha, hind harbiylari “Sindur” operasiyasi doirasida belgilangan vazifalarni “puxta rejalashtirilgan va ehtiyotkorlik bilan” muvaffaqiyatli bajargan.