Hindistonning Vistara aviakompaniyasi layneri 247 yo‘lovchisi bilan Turkiya janubidagi Erzurum shahriga bomba borligi haqidagi xabar tufayli qo‘ndi. TRT telekanaliga ko‘ra, samolyot Mumbaydan Myunxenga uchayotgan bo‘lgan.
“Hindiston aviakompaniyasining samolyoti havoga ko‘tarilayotganda bortda bomba borligi haqida ma’lumot olingan. Samolyot Erzurumga favqulodda qo‘ndi. Hozir u xavfsiz joyda. Samolyotlarning aeroportdan uchishi va qo‘nishi vaqtincha taqiqlangan. Mutaxassislar samolyotni tekshirmoqda. Agar xavf tasdiqlanmasa, samolyot safarini davom ettiradi”, - dedi Erzurum gubernatori Mustafo Chiftchi.
Bundan tashqari, samolyot ekipaji va yo‘lovchilar xavfsiz joyga ko‘chirilgani xabar qilingan. Hozirda portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassis laynerni tekshirmoqda.
Bomba 600 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Turkiya havo hududiga kirganida xabar qilingan. Dastlab Orduga qo‘nishga ruxsat so‘ragan samolyot Erzurumga qo‘ndi.