Hindiston Xitoydan keyin Rossiyaga taqiqlangan texnologiyalarni yetkazib bergan ikkinchi davlatga aylandi, deb yozadi Bloomberg.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, aprel va may oylarida Hindiston tomonidan taqiqlangan mahsulotlar (mikrochiplar, sxemalar va dastgohlar) eksporti 60 million dollardan oshdi, bu joriy yilning o‘tgan oylariga qaraganda taxminan ikki barobar ko‘pdir. Iyul oyida eksport 95 million dollarga ko‘tarildi.