Bangladesh Tashqi ishlar vazirligi Hindiston elchisi Pranay Vermani ikki davlat chegarasida tikanli simlar o‘rnatilishiga qarshi norozilik bildirish uchun chaqirdi.
Bu haqda Bangladeshning BSS axborot agentligi xabar berdi.
Xalq Respublikasi muvaqqat hukumatidagi ichki ishlar vaziri Jahongir Alam Choudrining tushuntirishicha, avvalgi hukumat davrida imzolangan qator kelishuvlar tufayli “Bangladesh va Hindiston chegarasida bir qancha muammolar yuzaga kelgan”. “Biroq, xalqimiz va chegarachilarning sa’y-harakatlari Hindistonni muayyan faoliyatni, jumladan, simli panjaralar qurishni to‘xtatishga majbur qildi”, — dedi u.
Tashqi ishlar vazirligidagi uchrashuvdan keyin OAVga gapirgan elchi Verma Dakka va Nyu-Deli “xavfsizlik maqsadida chegarani devor bilan o‘rash bo‘yicha kelishuvga erishganini” aytdi. "Bizning chegara idoralarimiz bu masala bo‘yicha aloqada. Biz bu tushunish harakatga aylanishini va chegarada jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi yondashuv ishlab chiqilishini kutamiz", - deya qo‘shimcha qildi elchi.
Bangladesh va Hindiston o‘rtasida chegara masalalarini hal qilish uchun to‘rtta anglashuv memorandumi imzolandi. Nolinchi chiziqdan 137 m masofada mudofaa salohiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq hech qanday ish o‘zaro kelishuvsiz amalga oshirilishi mumkin emas.