Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Hindiston aviakompaniyasi Toshkentga parvozlar sonini oshiradi

Hindiston aviakompaniyasi Toshkentga parvozlar sonini oshiradi

Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi 17 avgustdan Dehli—Toshkent—Dehli yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlari sonini haftasiga to‘rt martadan yetti martagacha oshiradi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qildi.

Shunday qilib, parvozlar har kuni Airbus 320 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi. Bunga qadar Hindiston aviakompaniyasi dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshirardi.

IndiGo — bosh qarorgohi Gurgaonda (Hindiston) joylashgan hind xususiy arzon aviakompaniyasi. Kompaniya doimiy reyslar va samolyotlar soni bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.

Kiritildi: 10:32 17.06.2024. O'qildi: 708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!