Bugun 31 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Hindiston aholisi keksaymoqda

Hindiston aholisi keksaymoqda

Newsweek nashri Hindistonda keksa aholi bilan bog‘liq muammolarni o‘rganib, ularni hal qilish uchun choralar taklif etdi. Hindistondagi Aholishunoslik jamg‘armasi direktori Punaam Mutrijaning aytishicha, 2056 yilga kelib, 65 yoshdan oshgan aholi 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar sonidan oshadi.

Asosiy muammolardan biri mehnatga layoqatli aholining qisqarishidir. Yoshlar keksa qarindoshlarini qo‘llab-quvvatlashi tufayli iqtisodiyotga bosim kuchayib, uning o‘sish sur’atlari sekinlashishi mumkin.

Shu bilan birga, keksalarning ijtimoiy chetlanishi kuzatilmoqda. Ba’zi oilalarda keksalar shafqatsiz munosabatga duchor bo‘ladi, hatto ko‘chada qarovsiz qoldiriladi. Doktor JP Bxagatning ma’lum qilishicha, ko‘pchilik keksalar og‘ir sharoitlarda yashashga majbur.

Qishloqlardagi bevalar va keksa ayollar ko‘pincha mulksiz, daromadsiz va tibbiy yordamdan mahrum. Ularning iqtisodiy faolligi past bo‘lgani muammolarni kuchaytiradi.

Janubiy shtatlarda (Kerala, Tamilnadu) boylik yuqori, tug‘ilish darajasi past. Ammo shimoliy shtatlar (Bixar, Uttar-Pradesh) aholining haddan tashqari ko‘pligiga duch kelmoqda.

Mutaxassislar yechim sifatida bir qator tavsiyalarni ishlab chiqdi.

Unga ko‘ra, keksa aholi uchun ijtimoiy ta’minot tizimlarini rivojlantirish;

Ayollar uchun ta’lim, ish bilan ta’minlash va tibbiy yordamni yaxshilash;

Shimoliy shtatlarda ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish;

Janubiy mintaqalarda keksa aholiga g‘amxo‘rlik tizimlarini kuchaytirish.

Mutrijaning aytishicha, agar Hindiston inson kapitaliga sarmoya kiritmasa, demografik dividenddan mahrum bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 23:12 28.01.2025. O'qildi: 870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!