Jumladan, BAAda 200 mingdan ko‘proq hindistonlik o‘z yurtiga qaytishga ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan chorak qismi daromadsiz qolgani sababli uylariga qaytmoqda.
Dubayga hindistonliklarni qaytarish uchun INS Shardul harbiy kemasi jo‘natilgan.
Ta’kidlanishicha, reyslarga respirator kasallik alomatlari bo‘lmagan yo‘lovchilar qo‘yiladi. Ular Hindistonga kelgach, 14 kunga karantinga joylanadi. Hindistonliklarning ortga qaytarilishi ham, karantinda saqlanashi ham pulli bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, 7 maydan 14 maygacha 12 ta davlatdan 15 ming hindistonlikni qaytarish uchun 60 ta charter reysi amalga oshiriladi. Qaytariladiganlar orasida xorijda koronavirus pandemiyasi sababli qolib ketgan sayyohlar bilan bir qatorda ishsiz qolganlar ham bor.