Hind kinosining eng mashhur ovozli xonandalaridan biri, bastakor, aktrisa Lata Mangeshkar 92 yoshida vafot etdi. NDTV telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, u 1 fevral kuni kovid tufayli Mumbay poytaxti klinikasining reanimasiya bo‘limiga olib ketilgan.
Mangeshkar afsona va Bollivudning oltin davri ramzlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda «Hindiston bulbuli» va «Ohang malikasi» deb nom olgan u ko‘plab filmlar uchun 30 dan ortiq hind tilida, lekin asosan hind, marathi va bengal tillarida qo‘shiq kuylagan.