Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Hind hukumati 100 dan ortiq farmkompaniyani jazoladi

A A A
Hind hukumati 100 dan ortiq farmkompaniyani jazoladi

Hindiston sog‘liqni saqlash vaziri Mansux Mandaviyaning aytishicha, mamlakatdagi 100 dan ortiq farmasevtik kompaniyalar jazolandi.

Yo‘tal siropidan o‘lim holatlari sababli 31 ta zavod faoliyati to‘xtatildi, 50 ta farmkompaniya mahsulotlari yo‘q qilindi va lisenziyasi tortib olindi.

Hindiston dori eksport qilish bo‘yicha yetakchilardandir. Masalan, o‘tgan yili 24 mlrd. dollardan ortiq dorilar eksport qilingan. Ammo hozir aynan yo‘tal siropi eksportdan oldin sinovdan o‘tkazilishi shart qilib qo‘yilgan.

Avvalroq bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘tal siroplarini ishlab chiqargan hind kompaniyasi zaharli sanoat moddasidan foydalangani oshkor bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili oxirida “DOK-1 Maks” dori vositasi oqibatida 19 (ba’zi manbalarda undan ham ko‘proq) bola vafot etgandi.

Yanvar oyida O‘zbekistonda bolalar o‘limiga aloqadorlikda ayblanib, to‘rt kishi, jumladan Marion dori-darmonlarini import qilgan kompaniyaning ikki rahbari hibsga olingan.

Kiritildi: 15:15 12.07.2023. O'qildi: 1420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!