Bugun 11 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Hibsxonada saqlanayotgan ona o‘z bolasini vaqtincha davlat qaramog‘iga olinishini so‘radi

Hibsxonada saqlanayotgan ona o‘z bolasini vaqtincha davlat qaramog‘iga olinishini so‘radi

IIV huzuridagi ikkinchi mintaqaviy hudud 3-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan SH.X. (ayol) Bolalar ombudsmaniga murojaat bilan chiqdi.

Murojaatda SH.X. sodir etgan jinoyati tergovi doirasida hozirda mazkur tergov hibsxonasida saqlanayotganligi, oilada yolg‘iz boquvchi ekanligi, voyaga yetmagan farzandi M.X. (2022 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) nafaqada bo‘lgan ota-onasining qaramog‘ida qolganligi, farzandi tug‘ma xastaligi, o‘g‘liga tibbiy, moddiy, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatilishini yoki vaqtincha davlat qaramog‘iga olinishini so‘ragan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim tomonidan oilaga ijtimoiy ish bo‘yicha keys ochilib, shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moddiy yordam ajratish choralari ko‘rildi. Voyaga yetmagan M.X. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan buvisi X.M. ga patronatga topshirildi (moddiy ta’minot nazarda tutilgan).

O‘z navbatida, Bolalar ombudsmani mazkur vaziyatda bola manfaatlari yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

Kiritildi: 10:55 13.10.2024. O'qildi: 856 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!