Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Hayratli voqea: O‘rta Yer dengizidagi orol oppoq qor bilan qoplandi

A A A
Hayratli voqea: O‘rta Yer dengizidagi orol oppoq qor bilan qoplandi

O‘rta Yer dengizida joylashgan turli orollarda hatto qishda ham tuzukroq qor yog‘maydi. Ammo 14 may sanasida, tunda Fransiyaga tegishli Korsika oroli noqulay ob-havo tufayli qor yog‘ib, orol butunlay qor bilan qoplangan.

Bu haqda mahalliy BFMTV telekanali xabar bergan.

Oroldagi Ayachcho va Bastiya shaharlari orasidagi yo‘lning dovon qismi muzlagani uchun xavflilik tufayli vaqtinchalik yopib qo‘yilgan.

Orol ma’muriyati yo‘llarni qorlardan tozalash uchun barcha choralarni ko‘rgan va kecha 15 may kuni tushda yo‘llarda harakatlanish qayta tiklangan.

Yoqqan qorning qalinligi joylarda 3-5 sm.ga yetgan.

Bu, qish-yoz ancha iliq ob-havo hukm suradigan O‘rta Yer dengizidagi orol uchun noyob hodisa deyishmoqda hodisa guvohlari, ijtimoiy tarmoqlarda hodisa tasvirlangan suratlarni joylab.

Manba: zarnews.uz

Kiritildi: 08:00 17.05.2019. O'qildi: 3577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!