Yaqinda US News and World Report nashri hayot sifati bo‘yicha dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingini e’lon qildi.
Hayot sifati bo‘yicha eng yaxshi mamlakatlar quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholandi:
Hamyonboplik
Yaxshi ish bozori
Iqtisodiy barqarorlik
Oila uchun qulaylik
Daromadlar tengligi
Siyosiy barqarorlik
Xavfsizlik
Ta’limi tizimi
Sog‘liqni saqlash tizimi
Daniya hayot sifati bo‘yicha 1-o‘rinda.
Daniya 2023 yildagi 4-o‘rindan bu yilgi reytingda 1-o‘ringa ko‘tarildi.
Daniyada odamlar dunyodagi eng yuqori soliqlarni to‘lasalarda — daromadlarining yarmigacha — bu quyidagi omillar bilan muvozanatlashadi: tibbiy xizmatdan foydalanish aksar hollarda bepul, bolalar parvarishi subsidiyalashtirilgan, universitet talabalari o‘qish uchun to‘lov to‘lamaydi va o‘qish davridagi xarajatlarni qoplash uchun grantlar oladi, keksalar esa nafaqa oladi va ularning parvarishi uchun yordamchilar bilan ta’minlanadi.
Hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi 10 mamlakat