Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Haydovchilik guvohnomasini olish bo‘yicha rekord: Britaniyalik erkak 158-urinishda nazariy imtihonni topshirdi

Haydovchilik guvohnomasini olish bo‘yicha rekord:  Britaniyalik erkak  158-urinishda nazariy imtihonni topshirdi

Britaniyaning Select Car Leasing portali Buyuk Britaniyada haydovchilik guvohnomasi uchun nazariy va amaliy imtihonlardan o‘tish bo‘yicha omadsiz urinishlar statistikasini e’lon qildi. Unda nazariy imtihonda 157 marotaba yiqilgan erkak rekordchiga aylangan, deb yozadi Motor.

Britaniyalik mashina haydash nazariyasini 158-urinishda topshirishga muvaffaq bo‘lgan. Erkak imtihonlarning birinchi qismi uchun 3,6 ming funt sterling sarflagan. Antireytingning ikkinchi pog‘onasidan 30 yoshli ayol o‘rin olgan — u nazariy imtihondan 117 marotaba yiqilib, 2961 funt to‘lagan.

«Og‘ir» o‘quvchilar Top-3 ligiga 72 yoshli nafaqaxo‘r yakun yasadi: erkak 3,2 ming funt to‘lab, 73-urinishda nazariy imtihonni topshirgan. Buyuk Britaniyada har bir nazariy test 23 funt sterling turadi.

Buyuk Britaniyada haydovchilik guvohnomasini olish uchun topshiriladigan imtihon dunyodagi eng qiyinlaridan biri hisoblanadi. Imtihonning nazariy qismidan o‘tish uchun 50 ta savolning kamida 43 tasiga to‘g‘ri javob berish kerak.

Kiritildi: 20:00 12.01.2021. O'qildi: 1749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!