Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan IIB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.B. fuqaro D.O.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:40 29.11.2022. O'qildi: 1239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!