Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Hatto Arktika yonmoqda. Shimoliy Sibir, Alyaska o‘rmonlari olov ichida

Hatto Arktika yonmoqda. Shimoliy Sibir, Alyaska o‘rmonlari olov ichida

Shimolning sovuq o‘lkalari Sibir, Skandinaviya va Alyaska o‘rmonlari yonmoqda. Bu o‘lkalarda yong‘inlarga asosan chaqmoq sabab bo‘lsa-da, yong‘inning bu yilgi kuchayishiga yozgi havo haroratining doimgidan issiq kelgani ham sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Yong‘indan ko‘tarilgan tutun hatto kosmosdan ko‘ringan. NASA sun’iy yo‘ldoshlari bir qancha yong‘inlarni aniqlagan. Tutun juda katta hududni bosgan.

Tarqalgan tutun oqibatida Rossiya sharqidagi bir qancha shaharlarda havo sifati buzilgan. Tutun ta’siri hatto G‘arbiy Sibirdagi Tyumen oblastigacha yetib borgani aytilmoqda.

Yong‘in asosan sharqiy Rossiya, shimoliy Skandinaviya, Alyaska va Grenlandiyaning odam yashamaydigan qismlarini qamrab olgan.

Iyun oyidagi yong‘inlar oqibatida atmosferaga Shvesiya bir yilda atmosferaga chiqaradigan miqdorga teng, ya’ni 50 megatonna karbonad angidrid ajralib chiqqan.

Kiritildi: 06:45 29.07.2019. O'qildi: 2113 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!