Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Har yili Rossiyada 70 mingdan ziyod inson yo‘qoladi

A A A
Har yili Rossiyada 70 mingdan ziyod inson yo‘qoladi
Har yili Rossiyada 70 mingdan 100 minggacha odamlarning yo‘qolishi bilan bog‘liq holatlar qayd etiladi.
TASSning xabar berishicha, ularning 25 foizida tergov harakatlari natija bermaydi. Ya’ni 25 mingga yaqin kishi topilmaydi. Achinarlisi, bu raqamning yarmi bolalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
 
Bu haqda Strategik tashabbuslar agentligi bosh direktori Svetlana Chupsheva Krasnogorskda tashkil etilgan Butunrossiya qidiruv-qutqaruv ko‘ngillilari jamoalari birinchi Milliy Forumi ochilish marosimida ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “112” favqulodda yordam xizmati Moskva viloyatida samarali tarzda yo‘lga qo‘yilgan.
 
Moskva viloyati hokimi Andrey Vorobyov, esa hukumat rasmiylari yo‘qolgan odamlarni topishda samaraliroq natijaga erishish uchun uyali aloqa operatorlari bilan faol hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini aytgan.
 
Manba: uza.uz
Kiritildi: 16:17 10.07.2018. O'qildi: 1306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik