Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan imtiyozli kreditni talon-toroj qilish holati fosh etildi

“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan imtiyozli kreditni talon-toroj qilish holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.” va “D.” MCHJ rahbari J.A. ATB “Agrobank” To‘raqo‘rg‘on filiali mas’ul shaxslari bilan oldindan til biriktirib, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 25 nafar fuqaroga ajratilgan 669,4 mln so‘m imtiyozli kreditni o‘zi rahbarlik qilayotgan jamiyatlar hisob raqamiga o‘tkazib, hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi, 228-moddasi 2 va 3-qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 21:28 24.02.2021. O'qildi: 2469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!