Bugun 9 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?

A A A
Haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?

Haqorat qilganlik – shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda haqorat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln 800 ming so‘mdan 13 mln 600 ming so‘mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

Agar ushbu huquqbuzarlik 1 yil ichida takroran sodir etilsa, huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi.

Jinoyat kodeksiga asosan haqorat qilgan shaxsga:

▫️68 mln so‘mgacha miqdorda jarima;
▫️240 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi berilishi mumkin.

Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali haqorat qilinsa, ushbu harakat to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoyat hisoblanadi va aybdor:

▫️68 mln so‘mdan 136 mln so‘mgacha jarima;
▫️240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.

Agarda haqorat qilish:

➖jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda;
➖xavfli residivist tomonidan;
➖tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo‘lsa:

▫️136 mln so‘mdan 204 mln so‘mgacha miqdorda jarima;
▫️2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.

Kiritildi: 15:19 19.01.2024. O'qildi: 46730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!