HAMASning minglab qurollarni topshirishga roziligi Isroil va AQShning talablariga to‘liq javob bermaydi — The New York Times.
HAMAS guruhi AQSh prezidenti Donald Tramp rahbarligida tashkil etilgan Falastin ma’muriy qo‘mitasiga qurollarining bir qismini topshirishga tayyor.
The New York Times manbalarning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS G‘azo sektoridagi polisiya va boshqa ichki xavfsizlik xizmatlariga tegishli bo‘lgan minglab avtomatlar va boshqa qurollarni topshirishga rozi bo‘lgan. Nashrning qayd etishicha, bunday qadam shu paytgacha o‘z qurollarini topshirishni ommaviy ravishda rad etib kelgan HAMAS tomonidan sezilarli yon berish bo‘ladi. Biroq bu taklif Isroil va AQSh ilgari talab qilganidek HAMASning to‘liq qurolsizlanishini va G‘azoning demilitarizasiya qilinishini anglatmaydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, HAMASning harbiy qanoti ixtiyorida polisiyaga qaraganda ancha ko‘p qurol-yarog‘, jumladan, o‘n minglab avtomatlar va tankka qarshi raketalar mavjud.
"Ehtimol, HAMAS shunchaki Trampning tinchlik rejasini rad etishdan qochishga harakat qilayotgandir. Ammo agar ular polisiyadagi qurollarini topshirishga rozi bo‘lishsa, bu qolgan qurollar bo‘yicha keyingi muzokaralar uchun eshik ochishi mumkin", — deya fikr bildirdi tahlilchilardan biri.
🔥 @burchakostida