Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

HAMAS shanba kuni yana olti nafar asirni ozod qiladi

HAMAS shanba kuni yana olti nafar asirni ozod qiladi

Garovdagilarni HAMAS va Isroil o‘rtasida erishilgan kelishuv doirasida ozod qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, halok bo‘lgan to‘rt kishining jasadi ham Isroilga topshiriladi, ular payshanba kuni yaqinlariga qaytarilishi rejalashtirilmoqda.

Bu ma’lumotni Isroil bosh vaziri idorasi tasdiqladi. Avvalroq Axios nashri ismi oshkor etilmagan yuqori martabali isroillik manbaga tayanib, ushbu kelishuv haqida xabar bergan edi.

Netanyahu idorasi ma’lumotiga ko‘ra, HAMAS kelishuv shartlariga muvofiq, kelasi hafta yana to‘rt nafar asirning jasadini Isroilga topshirishi kerak.

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuvning birinchi bosqichi doirasida ozod qilinishi kerak bo‘lgan 33 nafar asirdan 19 nafari allaqachon ozod qilingan. Isroil ma’lumotiga ko‘ra, XAMAS tomonidan garovda ushlab turilganlardan sakkiz nafari halok bo‘lgan. Kelishuvga muvofiq Isroil qamoqhonalaridan 1904 nafar falastinlik ozod qilinishi kerak.

Shu haftada Isroil HAMAS bilan kelishuvning ikkinchi bosqichi bo‘yicha bilvosita muzokaralarni boshlashga tayyorlanayotgan edi. The Times of Israel ma’lumotiga ko‘ra, 15 fevral holatiga ko‘ra, HAMAS tomonidan asirga olingan 251 kishidan 70 nafari hali ham G‘azo sektorida qolmoqda. SAXAL asirga olinganlardan kamida 34 nafari halok bo‘lgani tasdiqlangan.

Kiritildi: 20:19 18.02.2025. O'qildi: 887 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!