HAMAS harakati Isroil tomonidan Rafahdagi muhojirlar lageri o‘qqa tutilganidan so‘ng hech qanday muzokaralarda qatnashmasligini ma’lum qildi.
Bu haqda “Sinxua” agentligi manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Falastin Qizil yarim oy jamiyati yakshanba kuni kechqurun Isroil harbiy-havo kuchlarining Rafah shimoli-g‘arbidagi qochqinlar lageriga uyushtirgan zarbasi natijasida ko‘plab odamlar halok bo‘lganini va yaralanganini ma’lum qildi. Falastin fuqarolik mudofaasining ma’lum qilishicha, Isroilning Rafahdagi lagerga uyushtirgan zarbasi oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘lgan va o‘nlab kishilar yaralangan.