Falastinning HAMAS harakati AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoffning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifini bir qator shartlar bilan qabul qiladi, deb xabar bermoqda Al Arabiya telekanali manbalarga tayanib.
Telekanalning qayd etishicha, HAMAS 60 kunlik sulh davomida garovga olingan isroilliklarni avval kelishilganidek ikki kun ichida emas, balki kichik guruhlar bilan ozod qilmoqchi.
Taxminlarga ko‘ra, Falastin harakati Vashingtondan Isroil tomoni kelajakdagi kelishuvga rioya qilishi uchun muhim kafolatlar talab qiladi: HAMASning fikricha, Uitkoffning hozirgi taklifi Isroilga G‘azodagi mojaroni qayta tiklash imkonini beradi.