“Kazinform” agentligi yozishicha, 10-Jahon halol sammitida turli mamlakatlardan biznes, ilmiy doira vakillari, ekspertlar, din arboblari va hukumat a’zolari ishtirokida halol mahsulot sifati va sertifikasiyasi masalasi muhokama qilinadi.
Xalqaro tadbir 50 dan ortiq davlatdan mutaxassisni jamlaydi. Bu tajriba almashish va yangi ishbilarmonlik aloqasi o‘rnatish uchun o‘ziga xos shart-sharoit yaratadi.
Halol sanoatning keng ko‘lamli jihati, jumladan oziq-ovqat, kosmetika, farmasevtika, turizm, moliya va texnologiya masalalarini qamrab olishi kutilayotgan anjumanning maqsadi mos mahsulot sifati va xavfsizligi standartini ilgari surish, rivojlanayotgan kompaniyalarning xalqaro miqyosda tan olinishi va jahon bozoriga chiqishiga yordam berishdan iborat.
Ekspertlar fikricha, Istanbul sammiti bozorning hozirgi holatini tahlil qilish va o‘sish istiqbolini ko‘rib chiqish uchun muhim platformaga aylanadi.