Majburiy ijro byurosi Hajga borayotgan fuqarolar ogohlantirdi.
Yurtimizda joriy yilning 23 may kunidan haj mavsumi boshlanishi e’lon qilindi.
Ta’kidlanishicha, avvalgi haj mavsumida ayrim fuqarolar sud va boshqa organ hujjatlariga muvofiq, belgilangan qarzdorlikning o‘z vaqtida to‘lanmagani, Respublika hududida chiqish huquqi cheklangani oqibatida ortiqcha ovoragarchilikka uchragan.
Shuning uchun MIB safar oldidan mib.uz rasmiy saytining “Respublikadan chiqishga cheklov” sahifasi yoki MIB.UZ mobil ilovasi ( Play Market dan yuklab olish mumkin) orqali o‘zlariga nisbatan cheklov bor-yo‘qligi tekshirib olshni so‘radi.
Ma’lumot uchun: ushbu sahifalardagi “Qarzdorlikni tekshirish” va “Respublikadan chiqishga cheklov” ruknlari orqali bir zumda o‘zingizga nisbatan qarzdorlik tufayli taqiq bor yoki yo‘qligini bilib olishingiz hamda qarzdorlikni elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.
"E’tiborli bo‘ling va yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalaning. Biz haj safaringiz, ko‘ngildagidek va xotirjam bo‘lishi tarafdorimiz", deyiladi xabarda.