Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Haj taqiqi davlatlar iqtisodiyotga qanday ta’sir qildi?

Haj taqiqi davlatlar iqtisodiyotga qanday ta’sir qildi?

Koronavirus pandemiyasi tufayli bu yil haj ziyoratini millionlab kishi emas, atagi ming kishi amalga oshira oladi. Ushbu taqiq nafaqat Saudiya Arabistoni, balki boshqa mamlakatlarning ham iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 

Ka’batulloh yaqinida taksi firmasi bo‘lgan Malik ismli tadbirkor Bi-bi-siga bergan intervyusida kasodga uchraganini aytgan. “Ayni paytda xodimlarning ahvoli juda yomon. Uch-to‘rt oydan beri uyda o‘tirishibdi, ish topa olishmayapti, – deydi u. – Hukumat bizga yordam bermayapti. Men yiqqanlarim bilan yashab turibman, yana 2-3 oyga yetadi, undan keyin nima qilishni bilmayman”. 

Bir tomondan neft narxining tushishi, ikkinchi tomondan Yamandagi urush shundoq ham Saudiya Arabistoni iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qilyapti, ana shu omillar qatorida koronavirus pandemiyasi ham bor. 

Haj mavsumida hojilarni to‘ydirish ham muhim iqtisodiy faoliyatlardan biri edi. Saudiya Arabistoniga avvalgi yillarda oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar bu yil zarar ko‘ryapti. Ulardan biri – Keniya. 

Keniya fermerlar ittifoqi raisi Partik Kimanining aytishicha, har yili haj mavusimida 5 ming bosh mol go‘shtini eksport qilinar edi. Bu yil go‘shtlar chorvachilik bilan shug‘ullanuvchilarning qo‘lida qolib ketdi.  

Kiritildi: 09:18 18.07.2020. O'qildi: 2683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!