Bugun 26 iyun, 2024 yil, chorshanba

КИР

“Haj – 2024” mavsumi ilk ziyoratchilari Makkaga yetib bordi

“Haj – 2024” mavsumi ilk ziyoratchilari Makkaga yetib bordi

Bugun, 26 may kuni “Haj – 2024” mavsumining ilk guruh ziyoratchilari Makkai mukarramaga zamonaviy avtobuslarda yetib keldilar. Oppoq ehromdagi ziyoratchilarimizni Ishchi guruhi rahbarlari, hamkor shirkat vakillari va boshqa mutasaddilar tomonidan tantanali ravishda katta ehtirom bilan kutib olindi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hamyurtlarimiz muhtasham “Al-Ayam Elite” mehmonxonasiga kirishlari bilanoq iliq qarshi olinib, zam-zam suvlari, xurmo, shirinliklar, gullar va hadyalar ulashilib ikrom qilindi.

Mana shunday iltifotlardan ko‘ngillari ko‘tarilgan yurtdoshlarimiz Alloh taologa cheksiz shukronalar aytib, ularga bo‘lgan katta e’tiborni nafaqat mamlakatimizda, balki olis Makka shahrida ham chin dildan his etishdi.

Zamonaviy mehmonxonada xonalari tayin bo‘lgan ziyoratchilarimiz bu yerga diyorimizdan ularga xizmat ko‘rsatish uchun birmuncha oldinroq yetib kelib, katta hozirliklar ko‘rib qo‘ygan ishchi guruh a’zolari ehtiromi va mohir oshpazlarimiz pishirgan lazzatli taomlaridan bahramand bo‘ldilar.

Endilikda Tamattu’ hajini niyat qilgan ziyoratchilarimiz umra amalini bajarishga hozirlik ko‘rmoqdalar.

Kiritildi: 21:23 26.05.2024. O'qildi: 1502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!