Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Habib Nurmagomedov Rossiyadagi barcha bizneslarini tark etib, Birlashgan Arab Amirliklariga investisiya kiritdi — OAV

Habib Nurmagomedov Rossiyadagi barcha bizneslarini tark etib, Birlashgan Arab Amirliklariga investisiya kiritdi — OAV

Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq UFC chempioni Rossiyadagi biznes faoliyatini to‘xtatgan, u hozirda xorijda yiliga taxminan 50 million dollar ishlab topmoqda.

Qayd qilinishicha, Nurmagamedov Rossiyada yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini tugatib, mavjud qarzlarini to‘lagan va soliq hisobotlari bilan bog‘liq muammolardan so‘ng mahalliy aktivlarini sotishni boshlagan.

2021 yildan beri Habib bir qancha kompaniya va loyihalarni, jumladan, jamg‘arma, xayriya tashkiloti, sayyohlik agentligi va kiyim brendlari bilan ishlashni to‘xtatgan.

"Nurmagomedov BAAda KHABIB GYM sport zallari tarmog‘ini rivojlantirmoqda, shuningdek Gorilla FC promoushenini sotib olib, uni EAGLE FC deb qayta nomlagan", deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 20:32. O'qildi: 210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!