Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Habib Nurmagomedov Putin bilan uchrashadi. Prezidentning o‘zi bunga va’da berdi

Habib Nurmagomedov Putin bilan uchrashadi. Prezidentning o‘zi bunga va’da berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dog‘istonda UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov bilan uchrashadi, deya yozmoqda «RBK».

30 yoshli sportchi 7 sentyabr kuni amerikalik Dastin Poryeni mag‘lub etib, chempionlik unvonini himoya qildi.

Putin esa sportchi bilan shaxsan ko‘rishib, uni tabriklashini ma’lum qilgan. U bu haqda 1999 yilgi Dog‘istondagi jangarilarga qarshi kurashda qatnashgan ko‘ngilli jangchilar bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil oktyabrida Habib Konor Makgregorni mag‘lub etgan, jangdan so‘ng esa mushtlashuv vujudga kelgandi.

Oradan biroz vaqt o‘tib esa Putin Habib bilan uchrashib, uning otasidan o‘g‘lini qattiq jazolamaslikni so‘ragandi.

Kiritildi: 20:00 12.09.2019. O'qildi: 1837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!