Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

“Habib butun boshli "mitti odamlar"ni yutdi, xolos!”

“Habib butun boshli "mitti odamlar"ni yutdi, xolos!”

O‘rta vazn toifasida UFC jangchisi Kolbi Kovington yengil vazn toifasidagi amaldagi chempion Habib Nurmagomedovni o‘z divizionida jang qilmagani uchun tanqid qildi.

Bu haqda “BJPenn” tomonidan xabar berildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dog‘istonlik jangchi taxminan 86 kilogramm vaznga ega bo‘lib, o‘zidan vazni jihatdan kichik bo‘lgan sportchilar bilan kurashishda bo‘yindan siqish usulini ishlatadi.

«Ha, u mendan kattaroq, ammo men o‘z divizionimda kurashadigan haqiqiy erkakman. Habib esa faqat mitti odamlarni urishni xohlaydi. Qoyil, Habib, sen butun bir liliputlarni, bir guruh bolalarni yengding. Ammo sen hech qachon haqiqiy erkaklar bilan jang qilmaysan », - deb yozgan Kovington.

 

 

Kiritildi: 21:01 29.10.2020. O'qildi: 5174 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!