Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Gyuler "Real"ni hayratda qoldirdi

Gyuler "Real"ni hayratda qoldirdi

"Real Madrid"ning hujumkor yarim himoyachisi Arda Gyuler o‘z klubini hayratda qoldirdi.

19 yoshli futbolchi jarohati bilan bog‘liq muammolar tufayli Ispaniyada debyut mavsumini unchalik muvaffaqiyatli o‘tkaza olmadi, ammo yangi mavsumda, aftidan, u o‘zini yangicha ko‘rinishda namoyon etishga tayyor. Jurnalist Xorxe Pikon ta’kidlaganidek, "Real Madrid" turk vunderkindining o‘yin qobiliyatidan hayratda qolgan va ta’tildan qaytgach, uning jismoniy formasiga ham qoyil qolgan.

Arda Gyuler "Qirollik klubi" tomonidan o‘tgan yozda "Fenerbaxche"dan sotib olingan edi. Futbolchi so‘nggi mavsumdagi barcha turnirlarda "Los-Blankos" uchun 12 o‘yinda 6 ta gol urgan.

Kiritildi: 10:30 05.08.2024. O'qildi: 1215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!