Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

GxP davlat standarti joriy etilmagan tarmoq tadbirkorlik sub’ektlariga farmasevtika faoliyati uchun berilgan lisenziyaning amal qilishi to‘xtatib qo‘yiladi

A A A
GxP davlat standarti joriy etilmagan tarmoq tadbirkorlik sub’ektlariga farmasevtika faoliyati uchun berilgan lisenziyaning amal qilishi to‘xtatib qo‘yiladi

2024 yil 1 yanvarga qadar GxP davlat standarti joriy etilmagan tarmoq tadbirkorlik sub’ektlariga farmasevtika faoliyati uchun berilgan lisenziyaning amal qilishi to‘xtatib qo‘yiladi yoki bekor qilinadi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara To‘laganova ma’lum qildi.

Prezidentning tegishli Farmoniga muvofiq 2022 yil 1 apreldan farmasevtika sohasida yangi ishlab chiqaruvchi korxonalar, ulgurji va chakana savdo tashkilotlari mos ravishda "Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)", "Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)" va "Zarur farmasevtika (dorixona) amaliyoti (GPP)" talablariga muvofiq ravishda tashkil etilishi belgilangan.

"Zarur ishlab chiqarish amaliyoti - GMP" talablariga muvofiqligi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish talab etilmaydigan dori vositalari ro‘yxatida belgilangan dori vositalaridan tashqari barcha yangi dori vositalari klinik tadqiqotlarning ijobiy natijasi asosida hamda joyiga chiqqan holda ishlab chiqarish sharoitlarining "Zarur ishlab chiqarish amaliyoti — GMP" talablariga muvofiqligi o‘rganilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

2024 yil 1 yanvarga qadar GxP davlat standarti joriy etilmagan taqdirda, mazkur holat lisenziya talab va shartlari buzilishi hisoblanib, farmasevtika faoliyati uchun berilgan lisenziyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi farmasevtika tarmog‘i va respublika sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarida GxP talablarini joriy etish va modernizasiya ishlarini olib borish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish hamda o‘rnatilgan muddatlar ichida amalga oshirishga chaqirib qoladi va bu masalada amaliy yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi.

Kiritildi: 11:41 12.10.2023. O'qildi: 1169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!