Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Gvardiola yangi mavsum oldidan muhim bayonot berdi

Gvardiola yangi mavsum oldidan muhim bayonot berdi

Angliyaning "Manchester Siti" klubiga ustozlik qilayotgan ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola Angliya Premyer-ligasi yangi mavsumi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Faqat oldinga boramiz. Muvaffaqiyatli boshlash va barcha imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilamiz. Jamoamiz o‘tgan Premyer-liga mavsumidagi natijani yaxshilashga bel bog‘lagan," - deya "shaharliklar" bosh murabbiyining so‘zlarini keltiradi City Xtra ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionatining o‘tgan mavsumida Gvardiola shogirdlari 3-o‘rinni egallagan edi. Turnir jadvalida "Man Siti"dan yuqorida Londonning "Arsenal" va chempion bo‘lgan "Liverpul" klublari joylashdi.

Kiritildi: 23:28 06.08.2025. O'qildi: 1262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!