Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Gvardiola Xolandga qaysi klubga o‘tishni maslahat berdi?

Gvardiola Xolandga qaysi klubga o‘tishni maslahat berdi?

Yil boshida hujumchi Erling Xoland "Manchester Siti" bilan uzoq muddatli - 2033/2034 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Biroq, matbuot ba’zida norvegiyalik hujumchini Ispaniya grandlari "Real Madrid" va "Barselona" bilan bog‘lashda davom etmoqda.

El Nacional nashri o‘z sahifalarida xabar berishicha, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Xoland bilan kelajagi haqida gaplashdi. Gvardiola futbolchiga maslahat berdi: agar u qachondir jamoani o‘zgartirishga qaror qilsa, "Barselona"ga o‘tishiga ruxsat berdi. Go‘yoki Pep Erlingga Kataloniya jamoasida yaxshi loyiha olishini va hujumning mutlaq yetakchisiga aylanishini aytgan.

Erling Xoland joriy mavsumda “Manchester Siti” safida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:18 02.05.2025. O'qildi: 755 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!