Pep Gvardiola Erling Holandning «Manchester Siti»dagi statistikasiga baho berdi.
18 avgust kuni APL 1-turidan o‘rin olgan «Chelsi»ga qarshi o‘yinda (2:0) norvegiyalik hujumchi hisobni ochdi. U «shaharliklar» safidagi 100-o‘yinini o‘tkazdi va 91-to‘pini kiritdi.
«Uning statistikasi oxirgi 15 yilda to‘liq gegemonlik qilgan Messi va Krishtianuning natijasi darajasida. Bu — gollarning soni bo‘yicha daraja.
Erling buni qanday uddalashini bilmayman, lekin bu ligada va bu mamlakatda 100 o‘yinda 91 gol — aql bovar qilmaydigan holat», — deya «Manchester Siti» bosh murabbiyining so‘zlarini keltiradi Hayters.