Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

G‘uzorda xalqaro logistika markazi ish boshladi

A A A
G‘uzorda xalqaro logistika markazi ish boshladi

Joriy yil sentyabr oyida tuman hokimi Sa’dulla Babaqulov tashabbusi bilan tumanning eksport va investision salohiyatini oshirish maqsadida “Logistika markazi” tashkil etish uchun “Buyuk Amir Logistic” MCHJ (Buyuk Britaniya-Litva-O‘zbekiston) qo‘shma korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi.

Tuman hokimi tomonidan ushbu loyihani amalga oshirish uchun shahar markazidan xorijlik investorlarga ma’qul bo‘lgan joydan yer maydoni ajratib berildi. Bugun ushbu logistika markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda G‘uzor tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Xorijlik investorlar tomonidan mazkur logistika markaziga 17 ta zamonaviy maxsus yuk tashish texnikalari olib kelindi hamda 720 ming AQSh dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar jalb qilindi. Bundan tashqari yil yakuniga qadar qo‘shimcha ravishda 10 ming tonnalik sovutgichli sig‘im o‘rnatilishi va 25 ta maxsus texnikalar olib kelinishi rejalashtirildi.

Shuningdek, G‘uzorda viloyatimizning boshqa tumanlardagi tadbikorlari tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarini “Buyuk Amir Logistic” MCHJ qo‘shma korxonasining xizmatlari orqali xorijiy davlatlarga olib chiqish imkoniyati yaratildi.

Kiritildi: 07:45 05.10.2019. O'qildi: 3408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!