Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning G‘uzor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Qashqadaryo texnologik transport” AJning yo‘l qurilish uchastkasi boshlig‘i I.Q. fuqaro J.ning ishonchiga kirib, uni ushbu korxonaga ishga kiritib qo‘yish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.