Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Guterrish Afrikaga BMT Xavfsizlik Kengashida doimiy a’zolik o‘rnini berish zarurligini ta’kidladi

Guterrish Afrikaga BMT Xavfsizlik Kengashida doimiy a’zolik o‘rnini berish zarurligini ta’kidladi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish payshanba kuni Afrika BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosiga aylanishi kerakligini aytdi.

Bu haqda u Pekindagi 50 dan ortiq Afrika davlati rahbarlari ishtirok etayotgan Xitoy-Afrika hamkorligi forumida ma’lum qildi.

"Afrika qit’asi hali ham Xavfsizlik Kengashida doimiy o‘ringa ega emasligi g‘azablanarli" - dedi u.

Uning ta’kidlashicha, qit’a boshidan kechirgan "tarixiy adolatsizliklarni" tuzatish vaqti keldi. Shu bilan birga, u mintaqa davlatlari qarzdan aziyat chekayotgani va qarz yukini yengillashtirish yo‘llaridan foydalana olmagani, barqaror rivojlanish va moliyalashtirish uchun resurslar yetishmasligini ta’kidladi.

Guterresh, shuningdek, Xitoyning iqtisodiy muvaffaqiyatlariga, jumladan, qashshoqlikka qarshi kurashda erishgan yutuqlariga ishora qilib, Xitoy tomonidan to‘plangan tajriba va bilimlar “oziq-ovqat tizimlari va raqamli kanallar orqali aloqa sohasidagi asosiy o‘zgarishlarda” yordam berishi mumkinligini ta’kidladi.

Hozirgi vaqtda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari - Rossiya Federasiyasi, AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya.

Kiritildi: 17:14 05.09.2024. O'qildi: 621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!